You are currently viewing Sug‘urta agentini tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato va ulardan qanday qochish mumkin
Sug‘urta

Sug‘urta agentini tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato va ulardan qanday qochish mumkin

  • Post category:News
  • Post comments:0 Comments

Tibbiy yoki sayohat sug‘urtasi xarid qilishda sug‘urta agentini to‘g‘ri tanlash juda muhim. Chunki noto‘g‘ri tanlov sizga nafaqat qo‘shimcha xarajatlar, balki kerakli paytda sug‘urta himoyasidan foydalanmaslik kabi katta muammolar ham olib kelishi mumkin. Quyida sug‘urtani agentini tanlashda yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p tarqalgan 5 ta xatoni va ulardan qanday qochish kerakligini ko‘rib chiqamiz.


1. Sug‘urta kompaniyasining obro‘sini tekshirmaslik

Ko‘pchilik sug‘urtani agenti tanlashda faqat narxiga qarab qaror qabul qiladi. Lekin agentning kompaniyasi ishonchli ekanligini tekshirmaslik eng katta xatolardan biri hisoblanadi. Sug‘urta xizmatini taklif qilayotgan kompaniyaning Germaniya yoki boshqa Yevropa davlatlarida qanday obro‘ga ega ekanini albatta tekshiring. Bu haqida mijozlar sharhlari, Google yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan fikrlarni o‘qib chiqish foydali bo‘ladi.

Maslahat: Euro Straxovka faqat xalqaro darajada ishonchli va Germaniya elchixonasi tomonidan qabul qilingan sug‘urtani kompaniyalari bilan ishlaydi.


2. Sug‘urta qamrovini yaxshi tushunmaslik

Ba’zan mijozlar sug‘urta agentining maslahatlarini yetarlicha diqqat bilan tinglamaydi yoki sug‘urtaning shartlarini yaxshi tushunmay turib shartnomani imzolaydi. Natijada zarur holatda sug‘urta xizmati yetarli bo‘lmasligi yoki qamrov cheklangan bo‘lishi mumkin.

Maslahat: Sug‘urtani xarid qilishdan oldin uning qamrovini batafsil tushunib oling. Shartnomani diqqat bilan o‘qib, tushunarsiz bo‘lgan savollarni sug‘urta agentingizdan so‘rashdan tortinmang.


3. Narxiga qarab arzon variant tanlash

Eng arzon sug‘urtani tanlash jozibador tuyulishi mumkin, ammo arzon sug‘urtaning qamrovi odatda juda cheklangan bo‘ladi. Bunday sug‘urtani haqiqatan ham favqulodda vaziyatlarda yetarli yordam bera olmaydi. Oxir-oqibatda, arzoni qimmatga tushishi mumkin.

Maslahat: Narx bilan birga sug‘urtani qamrovi, kompaniyaning obro‘si va xizmat sifatini solishtiring. O‘rtacha narxdagi sug‘urtalar ko‘pincha optimal yechim bo‘ladi.


4. Agentning malaka va tajribasini tekshirmaslik

Sug‘urtani agentlari orasida ham professional va havaskorlari bor. Havaskor agentlar kerakli vaqtda sifatli xizmat yoki maslahat bera olmaydi. Tajribasiz agent noto‘g‘ri maslahat berishi yoki sizga mos bo‘lmagan sug‘urtani tavsiya qilishi mumkin.

Maslahat: Har doim tajribali agent yoki kompaniya bilan ishlang. Ularning rasmiy saytlarini tekshiring, mijozlarning fikrlarini o‘qing va agentlar bilan muloqot qilib, professional ekanligiga ishonch hosil qiling.


5. Sug‘urta kompaniyasining Germaniya elchixonasi talablariga mosligini tekshirmaslik

Viza uchun sug‘urtani qilayotganlar ko‘pincha kompaniyaning sug‘urtasi Germaniya yoki boshqa Yevropa davlatlari elchixonasi talablariga mos kelishini tekshirmaydi. Agar sug‘urta polisidagi qamrov yoki shartlar elchixona talablariga javob bermasa, vizangiz rad etilishi mumkin.

Maslahat: Euro Straxovka orqali rasmiylashtiriladigan barcha sug‘urta polislarining Germaniya elchixonasi va Shengen mamlakatlari talablariga 100% mos kelishini kafolatlaymiz.


Sug‘urtani tanlashda yuqoridagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Euro Straxovka bilan bog‘laning. Biz sizga ishonchli, sifatli va Germaniya elchixonasi talablariga mos sug‘urta tanlashda yordam beramiz!


Vizani rasmiylashtirishni bizning rasmiy hamkorimiz – Alman Visum orqali ham amalga oshirishingiz mumkin:
🌐 www.almanvisum.com
📧 info@almanvisum.com

Bog‘lanish uchun:

📞 +998 90 190 55 59 (O‘zbekiston)
📞 +49 176 6433 5685 (Germaniya)
📨 info@eurostraxovka.com
📱 Telegram: @almangroup
🌐 www.eurostraxovka.com

Leave a Reply